IIBB Toshkentdagi giyohvand modda reklamasining ketiga tushdi
Jamiyat
−
22 noyabr 2019 7076 1 daqiqa
Avvalroq, Toshkent shahri ko‘chalarida sintetik giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi sayt reklamasi paydo bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur reklamalar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Qayd etilishicha, shahar ko‘chalaridagi reklamalar haqida IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasining giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash bo‘limi ogohlantirilgan. Natijada Yashnobod tumanidagi reklama banneri olib tashlangan.
Ayni vaqtda reklama buyurtmachisining shaxsi aniqlanyapti. Shuningdek, reklama qo‘yuvchi tomonidan bunday bannerlar qasddan yoki bilmasdan o‘rnatilganiga oydinlik kiritilyapti. O‘rganish natijalari haqida ma’lumot beriladi.
Ma’lumot uchun, giyohvand modda savdosi bilan shug‘ullanuvchi sayt reklamalari nafaqat Toshkentda balki Markaziy Osiyoning boshqa yirik shaharlari: Olma-ota, Nur-Sulton, Dushanbe, Bishkek, O‘shda ham o‘rnatilgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr