Ixtiyor Abdullayevning nima sabab lavozimidan ozod qilingani aytildi

O‘zbekiston

−

visibility28861 timer1 daqiqa

Avvalroq, DXX raisi lavozimida ishlab kelayotgan Ixtiyor Abdullayev lavozimidan ozod etilgani, uning o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri lavozimida ishlab kelgan general-leytenant Abdusalam Abdumavlanovich Azizov tayinlangani haqida xabar bergan edik. 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Raisi lavozimida ishlab kelgan Ixtiyor Baxtiyorovich Abdullayev nima uchun lavozimidan ozod etilgani sabablari ma’lum bo‘ldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ning Hukumatdagi manbasi xabar bermoqda. 

Ixtiyor Abdullayev sog‘ligi yomonlashgani tufayli o‘z arizasiga binoan lavozimidan ozod etildi. Oxirgi bir yilda Abdullayev bo‘yin va bel umurtqa pog‘onasida ikki marta og‘ir jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan.

QALAMPIR.UZ'ga oid ma’lumotlarga ko‘ra, Abdullayevning ko‘z salomatligida ham muammolar tug‘ilgan.


Maqola muallifi

Sunnatilla Abdullaev

Baholaganlar

512

Reyting

2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing