Ichki ishlar vaziri O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi etib saylandi
Sport
−
09 aprel
3601O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov mamlakat voleybol federatsiyasi rahbari etib saylandi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun, 9 aprel kuni O‘zbekiston voleybol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-mayor Aziz Anvarovich Toshpo‘latov mamlakat voleybol federatsiyasining raisi etib saylandi.
Ichki ishlar akademiyasida tashkil qilingan mazkur tadbirda Sport vazirligi va MOQ rahbariyati ham ishtirok etdi. Konferensiya davomida rasmiylar ramziy ma’noda 5 tashabbus Olimpiadasi doirasida “Ichki ishlar vaziri” kubogi musobaqalariga start berdi.
Polkovnik Aziz Toshpo‘latov 2015-2017 yillarda Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 2017 yilning noyabr oyidan 2019 yilning iyunigacha Samarqand viloyati IIB boshlig‘i bo‘lib ishlagan. 2019-2020 yillarda Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, 2020-2025 yillarda esa Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. Joriy yilning 3 mart kuni Aziz Toshpo‘latov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan Ichki ishlar vaziri lavozimiga ma’qullandi.
Ma’lumot o‘rnida, bunga qadar voleybol federatsiyasi rahbari lavozimida oldingi ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov faoliyat olib borgan.
LiveBarchasi