Bosh prokuror, Mudofaa va Ichki ishlar vazirlariga yangi unvonlar berildi
Jamiyat
−
27 avgust 19974 2 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmonlari bilan O‘zbekiston Bosh prokurori, Mudofaa va Ichki ishlar vazirlariga yangi unvonlar berildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla To‘lqinovich Yo‘ldashevga 2-darajali davlat adliya maslahatchisi maxsus unvoni berildi. U 2019 yildan buyon O‘zbekiston Bosh prokurori vazifasida ishlab kelmoqda. O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, Bosh prokurorning vakolat muddati 5 yilni tashkil qiladi. Nig‘matilla Yo‘ldoshev vakolat muddati 2024 yilda tugagani sababli Bosh prokuror lavozimini ko‘rib chiqish masalasi Senatda muhokama qilinib, u lavozimga qayta tayinlandi.
Nig‘matilla Yo‘ldoshev 1962 yil 5 noyabr kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining yurisprudensiya fakultetini tamomlagan. U faoliyati davomida prokuratura tergovchisi, Bosh prokuraturada boshqarma boshlig‘i, Prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat maslahatchisi xizmatining prokuratura idoralari faoliyati masalalari bo‘yicha yetakchi inspektori, Bosh prokuror o‘rinbosari, Adliya vaziri, Senat Raisi lavozimlarda ishlagan. 2016 yil 2 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafotidan keyin Konstitutsiyaga ko‘ra, Oliy Majlis palatalarining qarori bilan O‘zbekiston Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangandi. 2016 yil 8 sentyabr kuni esa Prezident vakolatlarini bajarish mas’uliyatini vaqtinchalik Bosh vazir Shavkat Mirziyoyevga topshirishini e’lon qilgan. 2019 yil 20 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Bosh prokuror etib tayinlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri Shuhrat G‘ayratjanovich Xalmuhammedovga general-leytenant harbiy unvoni berildi. U o‘tgan yil noyabrdan beri ushbu lavozimda ishlab kelmoqda. 2021 yil 23 martda Prezident farmoni bilan Shuhrat Xolmuhammedovga general-mayor harbiy unvoni berilgan. U Mudofaa vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari, Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari kabi lavozimlarda ham faoliyat yuritgan. 2016 yilda “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Aziz Anvarovich Toshpo‘latovga ham general-leytenant maxsus unvoni berildi. U joriy yil mart oyidan beri vazir lavozimida ishlab kelmoqda. Bungacha u Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.
Live
Barchasi