Ibrohim kelishuviga yangi davlatlar qo‘shilishi mumkin – Trampning odami
Olam
−
22 mart
5024Yangi davlatlar Ibrohim kelishuviga a’zo bo‘lishi va Isroil bilan munosabatlarni normallashtirishi mumkin. Bu haqda AQSH Prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff kecha, 21 mart kuni e’lon qilingan jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusida so‘z ochdi.
“Ishonamizki, biz tez orada bir qancha yangi davlatlarning Ibrohim kelishuviga qo‘shilishi haqida e’lon qilamiz. Bu munosabatlarni normallashtirishning old sharti bo‘lgan G‘azo muammosining yechimi tufayli mumkin bo‘ladi”, dedi Uitkoff.
U Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saudning muhim roliga e’tibor qaratib, uni “ajoyib lider” deb atadi. Biroq Uitkoffning qo‘shimcha qilishicha, podshohlikning yosh aholisi mintaqadagi o‘zgarishlarni diqqat bilan kuzatib boradi, bu esa ehtiyotkor yondashuvni talab qiladi.
“G‘azo muammosini hal qilsak, Saudiya Arabistoni va Isroil o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish uchun sharoit paydo bo‘ladi”, dedi Trampning maxsus vakili.
Uning eslatishicha, Ibrohim kelishuvlari AQSH Prezidenti Donald Tramp tomonidan yaratilgan, u bu kelishuvlar kengaytirilishini istaydi va Vashingtondagi yangi ma’muriyat bu borada faol ish olib bormoqda.
Ma’lumot uchun, 2020 yil sentyabr oyida Vashingtonda Isroil tomoni AQSH vositachiligida Bahrayn va BAA bilan munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha hujjatlarni imzolagan. Uch tomonlama bitim Ibrohim kelishuvi deb nomlandi. Keyinchalik Marokash va Sudan yahudiy davlati bilan munosabatlar normallashganini e’lon qildi. Bahrayn va BAA bilan tinchlik o‘rnatilgunga qadar Isroil arab davlatlari orasida faqat Misr va Iordaniya bilan diplomatik munosabatlarga ega edi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farxon al-Saud Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida Falastin masalasi hal etilsa, podshohlik Isroil davlatini tan olishi mumkinligini aytgandi.
LiveBarchasi
24 mart
Do‘rmonga o‘t ketdi.
24 mart