Huawei va “Yuksalish” "Bir million daraxt” loyihasi doirasida eko-aksiyalarni davom ettirmoqda

Biznes

image

Kecha, 15 aprel kuni O‘zbekistondagi Huawei kompaniyasi va “Yuksalish” umummilliy harakati ekoko‘ngillilar ishtirokida “Bir million daraxt” loyihasi doirasida navbatdagi obodonlashtirish va ko‘chat ekish aksiyasini o‘tkazdi. Aksiya Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Qoranko‘l qishlog‘ida bo‘lib o‘tdi.

“Yuksalish” umummilliy harakati, Turizm va madaniy meros vazirligi, “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasi, Huawei, shuningdek, bir qator nodavlat-notijorat tashkilotlari xodimlari daraxt va butalar ekish bo‘yicha navbatdagi "yashil" aksiyani o‘tkazish maqsadida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida yig‘ilishdi. Yo‘l bo‘yidagi 2 gektar bog‘ maydoniga jami 300 tup daraxt va buta ekildi.

“2020 yilda Huawei kompaniyasi “Green Uzbekistan” tashabbusini yo‘lga qo‘ydi. Bu tashabbus atrof-muhitni muhofaza qilish va “yashil” texnologiyalardan foydalanish nuqtai nazaridan barqaror dunyo yaratishga qaratilgan. Biz darhol Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining “Yashil Orol dengiz” loyihasi doirasida Orolbo‘yida 30 ming tup saksovul ko‘chatlarini ekishga ko‘maklashdik. O‘tgan yili Huawei “Yuksalish” Ummummilliy harakati tomonidan boshlangan yana bir “Bir million daraxt” eko-loyihasining bir qismiga aylandik. Kompaniyamiz xodimlari loyiha doirasida poytaxtda o‘tkazilgan bir qancha aksiyalarda mamnuniyat bilan ishtirok etishdi va bugun biz ham Toshkent viloyatidagi yashil hududlarni ko‘paytirishga o‘z hissamizni qo‘shish imkoniyatiga egamiz”, dedi O‘zbekistondagi Huawei direktori o‘rinbosari janob Go Veylay.

Huawei 2021 yil noyabr oyida "Yuksalish" umummilliy harakati bilan o‘zaro anglashuv memorandumini tuzdi. O‘shandan beri xodimlar va tomonlarning oila a’zolari ishtirokida bir qator eko-aksiyalar amalga oshirildi. Shunday qilib, 2021 yil noyabr oyida “Ezgu amal” jamoat fondi ko‘ngillilari va xodimlari bilan birgalikda Bolalar milliy tibbiyot markazi hududini obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Va 2021 yil dekabrda "Do‘stlik" bog‘iga daraxt ko‘chatlari va katta daraxtlarni davolash uchun mablag‘larni o‘tkazish ishlari amalga oshirildi.

Huawei O‘zbekistonda 20 yildan ortiq vaqtdan beri faoliyat yuritib, raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali odamlar uchun qiymat yaratish, shuningdek, ta’lim, sog‘liqni saqlash va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida o‘zining korporativ ijtimoiy mas’uliyatini namoyon qilib kelmoqda. 2021 yil sentyabr oyida Huawei va “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti 5G texnologiyalari, Buyumlar Interneti, aqlli datchiklar va boshqalarga asoslangan boshqaruv, monitoring va ma’lumotlarni qayta ishlash tizimlaridan foydalangan holda, “aqlli” qishloq xo‘jaligi bo‘yicha tajriba loyihasini taqdim etishdi. Ushbu loyiha ham "Green Uzbekistan" tashabbusining bir qismiga aylandi.

Reklama huquqi asosida.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Huawei Yashil makon Bir million daraxt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing