Huawei O‘zbekistonga soliq to‘laydigan bo‘ldi
Jamiyat
−
02 iyun 2020
4426Huawei O‘zbekistonda soliq hisobiga qo‘yildi. Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlari shundan darak bermoqda.
Xitoyda ro‘yxatdan o‘tgan Huawei Services (Hong Kong) Co., Limited joriy yilning 1 iyun kuni ro‘yxatga olingan.
Soliq kodeksi bilan 2020 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida jismoniy shaxslarga xizmatlarni elektron shaklda taqdim etadigan xorijiy kompaniyalari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) to‘lash joriy etildi.
O‘zbekistonda bunday kompaniyalarni ro‘yxatga olish uchun Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan maxsus xizmat – Internet-kompaniyalarning QQS-ofisi ishga tushirildi.
Hozirgi vaqtda mamlakatda qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida ro‘yxatga olingan xorijiy internet kompaniyalarining soni 14 taga yetdi.
Avvalroq, Google birinchi chorak uchun O‘zbekistonda 85 ming yevro, Apple esa 59,2 ming dollar to‘laganligi haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi