YPX xodimining pogonini yulib olgan fuqaroga nisbatan jinoiy ish ochildi
Jamiyat
−
22 yanvar 2020
9240Avvalroq, joriy yilning 20 yanvar kuni Sirdaryo shahar O‘zbekiston shoh ko‘chasida xizmat olib borayotgan Sirdaryo tumani IIB YHXB YPXG inspektorlariga mast yo‘lovchi tan jarohati yetkazgani haqida xabar bergan edik.
Fuqaro Jahongir Panjiyev xizmat vazifasini bajarayotgan YPX xodimining qonuniy faoliyatiga bo‘ysunmasdan, faol qarshilik ko‘rsatgan. Bu ham yetmaganidek inspektorlarning pogonini yulib olgan.
Mazkur holat yuzasidan kecha, 21 yanvar kuni Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 219-moddasi 2 qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi ma’lum qildi.
Jinoyat ishi yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi