G‘uzorda 22 yoshli qiz o‘zini osib qo‘ydi

Jamiyat

image

Joriy yilning 27 dekabr kuni soat 12:00 larda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani, “Sovbog‘” mahallasida yashagan 1997 yilda tug‘ilgan D.M. yashash uyi molxonasi yog‘och ustunida osilgan holda topilgan. D.M. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining 4-kursi talabasi bo‘lgan.

Mazkur hodisa yuzasidan G‘uzor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari tashkil etilgan.

Sud tibbiy ekspertizaning birlamchi tashhisiga ko‘ra, marhuma D.M.ning o‘limi bo‘yin a’zolarining sirtmoq bilan qisilishi oqibatida yuzaga kelgan mexanik asfeksiya natijasida yuz bergani ko‘rsatilgan. Marhuma jasadida uning bo‘ynidagi strangulyatsion egat izlaridan tashqari, tan jarohatlarining boshqa biror-bir ob’ektiv belgilari, ya’ni yara, shilinma va qontalashlar mavjudligi aniqlanmagan.

Holat yuzasidan so‘ralgan marhumaning yaqinlari va u yashagan mahalla fuqarolarining aytishlaricha marhumaga nisbatan biror kishi tomonidan ruhiy yoki jismoniy tazyiq o‘tkazilmagan.

Shuningdek, marhumaning o‘limi va o‘z joniga qasd qilish sabablariga oydinlik kiritish maqsadida G‘uzor tumani prokuraturasi tomonidan sudga oid tibbiy va psixologik ekspertizalar tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo o'zini osi

Baholaganlar

286

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing