Guterrish Tojikiston va Qirg‘iziston orasidagi chegara muammosini tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirdi
Olam
−
02 iyul
3367BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Tojikiston va Qirg‘iziston ikki davlat o‘rtasidagi chegaradagi kelishmovchiliklarni pirovardida muzokaralar yo‘li bilan hal qilishini kutmoqda. Bu haqda u Cho‘lpon-Ota shahrida Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Guterrish Qirg‘iziston BMT ishlayotgan barcha sohalarda faol ish olib borayotganini ta’kidladi.
“Qirg‘iziston tinchlik ramzi bo‘lsin. Siz tinchlik o‘rnatish uchun katta sa’y-harakatlar qilyabsiz. Men Farg‘ona vodiysida ikki marta bo‘lganman va chegaralarni hal qilish masalasi naqadar murakkab ekanini yaxshi bilaman. U yer jumboqga o‘xshaydi. Hamma narsani tushunish va hal qilish uchun harakat qilish kerak. Tojikiston bilan chegara masalasi O‘zbekiston bilan bo‘lgani kabi diplomatik, tinch yo‘l – muzokaralar yo‘li bilan hal qilinadi, deb hisoblaymiz”, degan BMT Bosh kotibi Qirg‘iziston Respublikasi Prezidentiga.
Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi davlat chegarasining uzunligi qariyb 980 km. 2002 yil dekabr oyidan buyon uni delimitatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar (davlat chegarasini uning o‘tish joyini tavsiflash va xaritada chizish bilan belgilash) davom etmoqda. Hozirgi vaqtda chegara chizig‘ining 90% dan ortig‘i aniqlangan va davlatlar tomonidan o‘zaro tan olingan, qolgan qismlar bahsli hisoblanadi. Ushbu muammoning hal qilinmagani ikki respublikaning mahalliy aholisi va harbiy xizmatchilari o‘rtasida, jumladan, o‘qotar qurollardan foydalanish bilan bog‘liq nizolarni bir necha bor keltirib chiqardi. Umuman olganda, 2014 yildan buyon qirg‘iz-tojik chegarasida 10 dan ortiq jiddiy mojaro sodir bo‘lgan. Qirg‘iziston Xitoy, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh. Chegarani delimitatsiya va demarkatsiya qilish jarayonini yakunlash faqat Tojikiston tomonida qoladi.
Uchrashuvda Japarov Guterrishga Sari-Joz hududidagi tog‘ cho‘qqilaridan biriga BMT nomini berish to‘g‘risidagi sertifikatni topshirdi.
Eslatib o‘tamiz, 30 iyun kuni BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgandi. 1 iyul kuni Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi quvvati 200 megavatt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida Antoniu Guterrish bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bundan tashqari, O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun O‘zbekistonning oliy davlat mukofotlaridan biri - "Oliy Darajali Do‘stlik" ordenini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Azizbek Eshmamatov