Zelenskiy Guterrishni Kiyevda qabul qilishdan bosh tortdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning Qozondagi BRICS sammitida ishtirok etgani uchun Kiyevga tashrifini rad etdi. Bu haqda Zelenskiyning ofisidagi manbaga tayanib, “Agence France-Presse” xabar berdi

Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, Qozondan keyin Guterrish Ukrainaga kelmoqchi bo‘lgan, biroq Zelenskiy tashrifga tayyorligini tasdiqlamagan.

“Shunday qilib, Guterrish bu yerda bo‘lmaydi, xususan, Qozonda aql-idrok va xalqaro qonunlar kamsitilgani uchun”, dedi AFP manbasi.

Ukraina Prezidenti idorasi Guterrishning Kiyevga tashrifi bekor qilinganiga rasman izoh bermadi.

BMT vakili Farhan Haq esa “Suspіlne” telekanaliga Guterrishning Ukrainaga tashrifi Kiyev tomonidan BRICS sammiti tufayli bekor qilinganini tasdiqlamadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar tashrifni “o‘zaro qulay vaqtda” tashkil etishga harakat qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Antoniu Guterrish 23 oktyabr kuni Qozondagi BRICS sammitiga borgan va u yerda Vladimir Putin bilan uchrashgandi.

Uchrashuvdan so‘ng BMTning rasmiy matbuot bayonotida aytilishicha, Guterrish “Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi BMT Nizomi va xalqaro huquqni buzish ekanligi haqidagi o‘z pozitsiyasini yana bir bor tasdiqlagan” va muzokaralarni “to‘liq qo‘llab-quvvatlagan”.

Biroq sammitdagi nutqida Guterrish Rossiya tomonidan xalqaro huquqni buzayotgani haqida gapirmadi.

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Guterrishning BRICS sammitiga tashrifini qoralab, u Kiyevning Shveysariyadagi birinchi tinchlik sammitiga taklifini rad etganini, ammo “harbiy jinoyatchi Putinning” Qozonga taklifini qabul qilganini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Ukraina Zelenskiy Guterrish BRICS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing