Guterrish UNRWA va uning xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti jiddiy moliyaviy taqchillikka duch kelmoqda, falastinliklar esa yashash uchun zarur bo‘lgan hamma narsadan, jumladan, huquqlari tan olinishidan mahrum qolmoqda. Bu haqda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish BMTning Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi uchun mablag‘ yig‘ish bo‘yicha yillik konferensiyada so‘z ochdi. 

Bildirilishicha, UNRWA’ning 194 nafar xodimi G‘azo mojarosi vaqtida halok bo‘lgan, bu BMT tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

“Agentlik, shuningdek, norozilik namoyishlari va dezinformatsion kampaniyalarga duch kelmoqda”, deydi Guterrish.

Bosh kotibning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi xodimlar Isroil xavfsizlik kuchlari tomonidan hibsga olingan va keyinchalik ular yomon muomala va hatto qiynoqlar haqida xabar bergan. 

“Bundan tashqari, bosib olingan G‘arbiy sohilda UNRWA xodimlarining mavjudligi va harakatlanishi Isroil hukumati tomonidan cheklangan. Biroq, bu va boshqa to‘siqlarga qaramay, aql bovar qilmaydigan sharoitlarda UNRWA xodimlari ishlashni davom ettirish uchun hamma narsani qilmoqdalar", dedi Guterrish.

Shuningdek, Guterrish  UNRWA’ni qo‘llab-quvvatlash majburiyatini olgan mamlakatlarga minnatdorlik bildirdi va boshqa barcha a’zo davlatlarni “agentlik, uning xodimlari va vakolatlarini, shu jumladan moliyalashtirish orqali himoya qilishga” chaqirdi.

"G‘azoda zudlik bilan gumanitar yordam va barcha garovga olinganlarni zudlik bilan va so‘zsiz ozod qilishdan boshlab, bu dahshatli urushni tugatish vaqti keldi", deydi BMT Bosh kotibi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Antoniu Guterrish Isroil armiyasini mojaro sharoitidagi bolalarga nisbatan qoidabuzarlar ro‘yxatiga kiritgandi. Buning ortidan Isroil BMTga qarshi bir qator cheklovlar joriy qilishi mumkinligi xabar qilindi.

Azizbek Eshmamatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Guterrish UNRWA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing