Guterrish odamlar uchun eng jiddiy xavfni aytdi

Olam

image

Yadroviy mojaro xavfi so‘nggi o‘n yilliklardagi eng jiddiy xavf hisoblanadi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish bugun, 22 avgust kuni bo‘lib o‘tgan tashkilotning Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi.

“Yadroviy xavf so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yuqori nuqtaga yetdi. Yadro quroliga ega davlatlar ulardan birinchi bo‘lib foydalanmaslik majburiyatini olishlari kerak”, deydi u. 

Bosh kotibning so‘zlariga ko‘ra, yadro quroliga ega davlatlar ularni yadro quroliga ega bo‘lmagan davlatlarga qarshi qo‘llamasliklari va tahdid qilmasliklari lozim.

“Barcha davlatlar yadroviy quroldan xoli dunyoga intilishlarini yana bir bor tasdiqlashlari va keskinlikni pasaytirish hamda yadroviy qurollanish poygasini butunlay to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib borishda bor kuch-g‘ayratlarini ayamasliklari muhim”, deydi Guterrish.

Stokgolm Tinchlik Tadqiqot Instituti hisobotida keltirilishicha, to‘qqizta yadroviy davlat o‘z yadro arsenallarini modernizatsiya qilishda davom etmoqda, “yadro qurollarining umumiy soni 2021 yilning yanvaridan 2022 yilning yanvarigacha biroz kamaygan bo‘lsa-da, biroq keyingi o‘n yillikda u ko‘payishi mumkin”.

2022 yil boshida 12 705 ta jangovar kallakdan 9 440 tasi  foydalanish uchun harbiy zaxirada bo‘lgan. Ulardan qariyb 2000 tasi, deyarli barchasi Rossiya yoki AQSHga tegishli, harbiy shay holatga keltirilgan.

Beshlikning (BMT Xavfsizlik Kengashi a’zolari) barcha a’zolari (Xitoy, Fransiya, Rossiya, Buyuk Britaniya va AQSH) yadro arsenallarini kengaytirish yoki modernizatsiya qilishda davom etmoqda va o‘zlarining harbiy strategiyalarida yadro qurolining ahamiyatini oshirayotganga o‘xshaydi. Rossiya hatto Ukrainadagi urush kontekstida yadro qurolidan foydalanishi mumkinligi bilan ochiq tahdid qildi.

Ma’lumot uchun, Rossiya va Qo‘shma Shtatlar birgalikda dunyodagi barcha yadro qurollarining 90 foizdan ortig‘iga egalik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Antoniu Guterrish

Baholaganlar

340

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing