Guterrish Isroilni “qora ro‘yxat”ga kiritdi
Olam
−
07 iyun
8959BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Isroil armiyasini mojaro sharoitidagi bolalarga nisbatan qoidabuzarlar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda Isroilning BMTdagi doimiy vakolatxonasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Bugun Isroilning BMTdagi doimiy vakili Gilad Erdan BMT Bosh kotibidan o‘z shtab boshlig‘i orqali Isroilni mojaro paytida bolalarni himoya qilish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rmagan davlatlar va qurolli tashkilotlar ro‘yxatiga kiritish haqidagi qarori haqida rasmiy xabarnoma oldi”, deyiladi xabarda.
Aytilishicha, BMT Bosh kotibi SAXALni qurolli to‘qnashuvdagi bolalar haqidagi hisobotga “bolalarga nisbatan huquqbuzarliklarni sodir etuvchi tomon” sifatida kiritishga qaror qilgan.
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu esa bunga javoban Isroil armiyasi dunyodagi eng axloqli armiya ekanini iddao qildi.
“Isroil armiyasi dunyodagi eng axloqiy armiyadir va BMTning hech qanday xayoliy rezolyutsiyasi buni o‘zgartirmaydi”, deydi Netanyaxu.
Qayd etilishicha, yangilangan “qora ro‘yxat” kelasi hafta taqdim etiladi. Shuningdek, ushbu ro‘yxatga ISHID va “Al-Qoida” kabi ba’zi terror tashkilotlari kiritilgani aytilmoqda.
LiveBarchasi