Guterrish BMTning o‘tgan 75 yildagi asosiy yutug‘ini aytdi

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti 75 yillik faoliyati davomida asosiy vazifasi – Uchinchi jahon urushining oldini olishni uddaladi. Bu haqda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish tashkilotning yubiley sessiyasining tantanal marosimida ma’lum qildi.

“Dunyo yetakchilari xalqaro hamkorlik va qonun ustuvorligiga kelishi uchun ikkita jahon urushi va Xolokost dahshatlari kerak bo‘ldi. Bu hamkorlik natija berdi. Barcha qo‘rqqan Uchinchi jahon urishini qaytarish imkoni bo‘ldi.

Guterrish zamonaviy tarixda yirik davlatlar o‘rtasidagi urushlarsiz bunday uzoq davr bo‘lmaganiga e’tibor qaratdi.

“Bu a’zo davlatlar g‘ururlanishi mumkin bo‘lgan asosiy yutuq va buni saqlab qolish kerak”, degan u.

Bosh kotib hali qiinishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘pligini ham ta’kidladi. U dunyo oldida turgan asosiy muammolar sifatida gender tenglik, iqlim o‘zgarishlari, kambag‘allikning o‘sishi, nafaratning yoyilishi, geosiyosiy bosim va yadroviy qurollarni sanab o‘tdi.

BMT xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash va mustahkamlash, xalqlarning tengligi va o‘z taqdirini o‘zi belgilashi tamoyiliga hurmat asosida davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan. U umumiy maqsadlarga erishishda xalqlarning harakatlarini muvofiqlashtirish markazi bo‘lishiga mo‘ljallangan. BMT Nizomi 1945 yil 24 oktyabrda kuchga kirgan. Bugungi kunda unga 193 ta davlat a’zo.

Tashkilot faoliyatining asosi va tuzilmasi Ikkinchi jahon urushi yillarida Gitlerga qarshi koalitsiya a’zolari tomonidan ishlab chiqilgan.

Ma’lumot uchun, kecha, 21 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining yuqori darajadagi haftaligi ochiq, deya e’lon qilindi. BMT Bosh Assambleyasining yuqori darajali sessiyasi koronavirus pandemiyasi sabab ilk bor videoanjuman shaklida o‘tkazilyapti.
 


Maqola muallifi

Teglar

BMT Antoniu Guterrish

Baholaganlar

31

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing