Go‘sht biznesi va’dasi bilan $97 mingni o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
28 iyul 2836 1 daqiqa
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida qariyb 97 ming AQSH dollari bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1991 yilda tug‘ilgan S.S. fuqaroning ishonchiga kirib, go‘sht savdosiga mablag‘ kiritish orqali yuqori daromad olish mumkinligini aytgan. U shu tariqa fuqarodan 97 ming AQSH dollarini olgan. Biroq va’da qilingan biznesni yo‘lga qo‘ymagan hamda pul mablag‘larini shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi tizimida korrupsiya bilan bog‘liq bir qator holatlar aniqlangani haqida xabar berilgandi.
Live
BarchasiTurkiyada F-16 halokatga uchradi
12 avgust