Guruh bosqichidagi g‘alaba bizni bo‘shashtirmaydi – Sayfiddin Sodiqov
Sport
−
19 aprel 3694 1 daqiqa
O‘zbekiston U-17 terma jamoasi futbolchisi Sayfiddin Sodiqov Osiyo kubogi finali doirasida Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
“Ertangi o‘yindagi raqibimiz Saudiya Arabistoni, bu jamoa bilan bir guruhda o‘ynadik, ularni yaxshi bilamiz. Guruh bosqichidagi g‘alaba bizni bo‘shashtirmaydi. Finalga ruhan va jismonan tayyormiz. Ochilish uchrashuvida biroz hayajonlandik, lekin murabbiyimiz ko‘rsatmasi bilan o‘yindan o‘yinga o‘yinimizni yaxshi his qila boshladik. G‘alaba qozonib, kubokni yurtimizga olib ketmoqchimiz”, deydi Sodiqov.
Ma’lumot o‘rnida, ertaga, 20 aprel kuni 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogida O‘zbekiston terma jamoasi musobaqa mezbonlari Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:00 da start oladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, terma jamoa murabbiyi Islom Ismoilov Saudiyaga qarshi o‘yin oldidan fikrlarini bildirib o‘tgandi.
Live
Barchasi