Berdimuhamedovga oid yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Olam

image

Avvalroq global tarmoqda, xalqaro ommaviy axborot vositalarida Turkmaniston Respublikasining 62 yoshli Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning vafot etgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Mazkur xabarlarda yagona manba sifatida Yevrosiyo muammolari monitoring markazi direktori Aslan Rubayev keltirilgan edi. Lekin ushbu xabarlar rasman tasdig‘ini topmadi.

Noxush xabar butun jahonda shov-shuvga aylangandan so‘ng Aslan Rubayev ushbu xabarlarni keng ommaga tarqalishiga sababchi bo‘lgani uchun uzr so‘ragan edi. Bugun internetda Gurbanguli Berdimuhamedovga oid yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Ma’lumotga ko‘ra, Turkmanboshi 20-21 iyul kunlari koma holatida bo‘lgan. 22 iyul kuni esa ahvoli yaxshilana boshlagan. Gurbanguli Berdimuhamedov 2019 yilning 5 iyul kunidan boshlab OAV va boshqa keng tadbirlarda ko‘rinish bermayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Berdimuhamedov bugun, 24 iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali suhbatlashib, uni 62 yoshi bilan tabrikladi.

Gurbanguli Berdimuhamedov davlat rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, ko‘p millatli O‘zbekiston xalqiga ravnaq va farovonlik tiladi. Davlat rahbarlari qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Ikki tomonlama munosabatlar, xalqaro va mintaqaviy siyosatga doir dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Mirziyoyev Turkmaniston rahbariga samimiy tabrik uchun minnatdorlik bildirib, joriy yil avgust oyining boshida “Avaza” milliy turizm zonasida bo‘lib o‘tadigan birinchi Kaspiy iqtisodiy forumini o‘tkazishda muvaffaqiyat tiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmaniston

Baholaganlar

368

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing