Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan “Sijjak” oromgohi uchinchi marta sotuvga qo‘yildi
Jamiyat
−
13 aprel 2022
16577Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Sijjak” dam olish maskani sotuvga qo‘yildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lum qildi.
Davlat aktivini sotish ikki bosqichda o‘tkaziladi:
birinchi bosqichda – talabgorlar oldindan malakalanadi (saralanadi);
ikkinchi bosqichda – talabgorning tijorat takliflari (sotib olish narxi va to‘lovni amalga oshirish muddati), zakalat puli miqdori (narx taklifining kamida 5 foizini tashkil etishi) hamda to‘lov qobiliyati baholanadi.
Qayd etilishicha, o‘shbu majmuaning umumiy yer maydoni bino va inshootlari bilan birgalikda 5,38 gektarni tashkil etadi.
“Sijjak” dam olish oromgohi bundan oldin ham ikki marta: 2020 yil iyun va 2021 yil aprelda sotuvga qo‘yilgandi.
Ma’lumot uchun, “Sijjak” dam olish oromgohi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan. Oromgohda mehmonxona, bir nechta hovuz, amfiteatr, kottej va boshqa inshootlar mavjud. Ushbu oromgohga 2017 yil 10 fevralda Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi tomonidan sanksiya qo‘yilgan.
Keyinroq oromgoh O‘zbekiston Triatlon federatsiyasiga mashg‘ulot bazasi sifatida foydalanish uchun berilishi rejalashtirilgandi. Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi ishlab chiqilgandi.
LiveBarchasi