Gulnora Karimovaning Sijjakdagi dachasidan eksklyuziv fotoreportaj
Jamiyat
−
16 aprel 2021
143860O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi – Fond forum Vasiylik kengashi raisi Gulnora Karimova “saltanat”i anchayin boy bo‘lganidan uning mol-mulklari mana 7-8 yildirki, hamon yo musodara qilinadi, yo sud majlisiga chiqariladi.
Kuni kecha Davlat aktivlarini boshqarish agentligi poytaxt Toshkentdagi “Ichan qal’a” mehmonxonasi va Toshkent viloyatidagi “Sijjak” oromgohi sotuvga qo‘yilgani haqida xabar bergan edi.
Bugun, 16 aprel kuni QALAMPIR.UZ Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan dachaga kirishga muvaffaq bo‘ldi.
Tyan-Shan marvaridi deb nomlangan Sijjak kurort zonasi dengiz sathidan 959 metr balandlikda, Pskem daryosi vodiysining o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan. Yer uchastkasining umumiy maydoni 5,4 ga, bino va inshootlarning maydoni 5016,1 kv metrni tashkil etadi.
Kompleks hududida mehmonxona, bir nechta suzish havzalari, amfiteatr, kottej, suv minorasi va boshqa inshootlar bor.
Ushbu dachada vaqti-vaqti bilan Gulnora Karimova farzandlari va do‘stlari bilan dam olgani, bazmlar uyushtirgani aytiladi.
Gulnora Karimovaning saltanati 2013 yilda qulaganiga qaramay, dacha hamon nuramagan. Aksincha, baquvvat devorlar, qimmatbaho qandillar, asl mebellar o‘z xolicha saqlanib turibdi.
LiveBarchasi