Gulistondagi portlashda bir kishi jarohatlandi

Jamiyat

image

Avvalroq, bugun, 7 oktyabr kuni soat 08:13 atrofida Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, Guliston ko‘chasida joylashgan “Alpomish” sport majmuasida tashkil etilgan koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan yoki kasallangan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, saralash va taqsimlash markazida kislorod balloni portlagani haqida xabar bergan edik. 

Mazkur holat bo‘yicha Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy bayonot berdi. Unda qayd etilishicha, voqea joyiga zudlik bilan viloyat hokimi, viloyat prokurori, DXX, IIB, FVB, SSB boshliq va xodimlari yetib kelib, viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlarining tergovchi va boshqa tezkor xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi, tezkor ma’lumotlar va favqulodda holatlar bo‘yicha shtab, axborot-tahlil guruhi tuzilgan. 

Ayni vaqtda hamkor tashkilotlarning tezkor-qidiruv va qutqaruv kuchlari to‘liq jalb qilinib, salbiy holat oqibatlari bartaraf etilmoqda.

Salbiy holat oqibatida majmuada kislorod stansiyasiga xizmat ko‘rsatgan 1 nafar fuqaro D.M. tan jarohati olib, RSHTYOIM Sirdaryo viloyati filialiga yotqizilib, kerakli tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda, portlash natijasida vafot etgan fuqarolar yo‘q. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

Majmuadagi bemorlar RSHTYOIM Sirdaryo viloyati filiali, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va viloyat teri-tanosil kasalliklari dispanseriga to‘liq joylashtirilishi ta’minlangan, majmua va uning atrofida joylashgan binolarga moddiy zarar yetgan (bino buzilishi va yirik talofatlar mavjud emas).

Hozirda moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo portlash Guliston

Baholaganlar

116

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing