Gruziyaning sobiq prezidentiga aeroportda tuxum otishdi (video)

Olam

image

Gruziyaning sobiq prezidenti Salome Zurabishvili Myunxen xavfsizlik konferensiyasidan qaytgach, Tbilisi aeroportida anonim faollar unga qarata tuxumlar otdi. Bu haqda “News Georgia” xabar berdi. 

“Zurabishvili, xuddi Georgiy Gaxariya (Gruziyaning sobiq bosh vaziri) kabi Tbilisi aeroportida tuxum hujumiga uchradi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, politsiya faollarning ushbu hujumiga aralashmagan.

https://t.me/qalampirlive/101861

Holat bo‘yicha Zurabishvili izoh bermagan. Ichki ishlar vazirligi ham munosabat bildirmagan.

Ma’lumot uchun, Myunxen xavfsizlik konferensiyasi 14-16 fevral kunlari Germaniyaning Myunxen shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda 60 ga yaqin davlat va hukumat rahbarlari, 150 nafar vazir va xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yevroparlament 2024 yil 29 dekabr kuni prezident saroyini tark etgan Salome Zurabishvilini Gruziyaning qonuniy prezidenti sifatida tan olgandi. Ammo 14 dekabr kuni Gruziyada prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tgan, unda davlat rahbari lavozimiga yagona da’vogar, hukmron “Gruziya orzusi” partiyasidan Mixail Kavelashvili g‘alaba qozongandi. U saylovchilarning 225 ovozidan 224 tasini olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Salome Zurabishvili tuxum otishdi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing