Gruziyadagi namoyishlar, o‘zbek futboliga qaytgan Babayan, e’tibordan chetda qolayotgan masjid va kunning muhim xabarlari sharhi

Jamiyat

image

IIV Murodboydan jabr ko‘rganlarga murojaat bilan chiqdi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xalq orasida Murodboy nomi bilan tanilgan M.M. Yunusaliyev ta’sis etgan mas’uliyati cheklangan jamiyat mansabdorlaridan zarar ko‘rgan fuqarolarga murojaat bilan chiqdi.

“Hurmatli fuqarolar! Agar Siz, M.M.Yunusaliyev (xalq orasida Murodboy nomi bilan tanilgan) tomonidan Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida ta’sis etilgan “ERKIN AVTO DILLER” MCHJ mansabdor shaxslaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz, O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan quyidagi manzillarda tashkil etilgan tergov guruhi shtablariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:

18 ming odamga XII asrda qurilgan 70 kishilik xaroba masjid: dinga e’tibor shumi?

QALAMPIR.UZ muxbiri  Samarqand viloyati Nurobod tumanida joylashgan Tim qishlog‘i va unga yondosh qishloqlarga tashrif buyurdi.

Ma’lum bo‘lishicha, hududda 3 ta mahalla (“Nurafshon”, “Arabota”, “Bunyodkor” mahallalari) va unda jami 18 mingga yaqin aholi istiqomat qilayotgan bo‘lishiga qaramasdan, ular uchun bor-yo‘g‘i 70 kishi bir paytning o‘zida namoz o‘qishi mumkin bo‘lgan masjid xizmat ko‘rsatmoqda. Eng achinarlisi, bu masjid XII asrda qurilgan bo‘lib, hozirda ichki va tashqi tomondan juda achinarli holatga kelib qolgan.

Muammo faqat Oq masjidning ta’mirtalab ekanligida emas. Tim qishlog‘ida salkam 18 ming aholi yashaydi. O‘rtacha hisobda ularning 50 %ini  erkaklar tashkil etganida ham, 9 ming musulmon uchun 70 kishilik masjidning xizmat ko‘rsatishi kulgili holat emasmi? Xo‘sh, qachon bu hududda aholi uchun barcha shart-sharoitlari mavjud bo‘lgan masjid qurib beriladi?

Toshkentda Cobalt va Captiva to‘qnashdi.

Joriy yilning 20 iyun kuni Toshkent shahar Mirobod tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida ikki haydovchi jabrlangan.

Afrosiyob-Oybek-Shahrisabz ko‘chalari chorrahasida Cobalt avtomobilining 27 yoshli haydovchisi Viktoriya S. 23 yoshli Javohir O. Boshqaruvidagi Captiva bilan to‘qnashgan. YTHga Cobalt haydovchisi asosiy yo‘lda harakatlanayotgan Captiva haydovchisini o‘tkazib yubormagani sabab bo‘lgan.

YTH natijasida har ikki haydovchi jarohat olib, tibbiy yordamga murojaat qilgan.


Mirziyoyevning Senat yalpi majlisidagi nutqi.

Xabaringiz bor, joriy yilning 22 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirmanchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi. Yalpi majlisda davlat rahbari nutq so‘zladi. Prezident nutqi bilan quyidagi havola orqali to‘liq tanishishingiz mumkin.

Avgust oyidan O‘zbekistonda yangi soliq organi ishga tushadi.

O‘zbekistondagi yirik soliq to‘lovchilar tomonidan Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi tashkil etiladi.

Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Mamlakat byudjetiga umumiy soliq to‘lovlari hajmining qariyb 60 foizini ta’minlash imkonini beruvchi mamlakatdagi 550 dan ortiq korxonalar ro‘yxati shakllantirildi. Ushbu inspeksiya uchun 116 nafar mutaxassis tanlab olinadi.

Uch nafar voyaga yetmagan shaxs 6 yoshli qizni yoqib yubordi. Masalaga Prezident aralashdi.

Joriy yilning 19 iyun kuni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahridagi Sino tumanida yashovchi 6 yoshli qiz og‘ir kuyish jarohatlari bilan 3-sonli shifoxonaga olib kelingan.

Militsiya xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruvlar natijasida ushbu mudhish voqeani sodir etkanlikda gumonlanib, uch nafar voyaga yetmagan shaxs qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli materiallar tayyorlanib, Dushanbe shahar prokuraturasiga yuborilgan. Tergov harakatlari davom etyapti.

“Bolalarga masjidga qatnash uchun ruxsat berilishini kutyapmiz” – Pompeo O‘zbekiston haqida.

Amerika davlat kotibi Maykl Pompeo AQSHning xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha yillik hisobotini bayon qildi. Unda Markaziy Osiyo davlatlari bu sohada erishgan yutuqlar haqida aytib o‘tdi.

AQSH davlat kotibi Maykl Pompeoga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati amalga oshirishi kerak bo‘lgan ishlar hali juda ko‘p, ammo 13 yil deganda birinchi marta mamlakat alohida xavotirga sabab bo‘luvchi mamlakatlar ro‘yxatiga kiritilmadi.

“Biz ko‘proq guruhlar erkin ibodat qila olishi, bolalar masjidlarga ota-onalari bilan erkin qatnashi va namoz o‘qishi uchun qonunchilikdagi islohotlarni sabrsizlik bilan kutyapmiz”, deydi Maykl Pompeo.

Gruziyada nimalar bo‘lyapti? Xalq Rossiyaga qarshi namoyishlarga chiqdi.

Xalqi judayam faol bo‘lgan Gruziya potaxti Tbilisi shahrida 20 iyun kuni minglab kishilar ishtirok etgan namoyish bo‘lib o‘tdi. Namoyishchilar parlament binosiga kirishga urindi.
Gruzin politsiyasi miting ishtirokchilariga qarshi ko‘zni yoshlantiruvchi gaz, suv va rezina o‘qlardan foydalandi.

Aksiyalarga Rossiya davlat Dumasi deputati Sergey Gavrilovning Gruziya parlamentida chiqish qilishi sabab bo‘lgan.

Babayanni futboldan umrbod chetlatganlar futboldan ketgach, Babayan bosh murabbiylikka qaytmoqda.

Samvel Babayan Toshkentning "Lokomotiv" klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Babayan umrbod futboldan chetlatilgan edi. Ammo joriy yil avvalida u "Lokomotiv" klubi rahbariyati safida ish boshladi. Chetlatilishi 2018 yilning fevral oyida bekor qilingan.

Ma’lumot uchun, Samvel Babayan 2017 yilda qoniqarsiz natijalar sabab O‘zbekiston Milliy terma jamoasidan iste’foga chiqarilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

17

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing