Gruziyadagi kurort restorandan 12 kishining jasadi topildi
Olam
−
16 dekabr
7970Gruziyaning Gudauri tog‘-chang‘i kurortida 12 nafar restoran xodimining jasadi topildi. Bu haqda Gruziya Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Gudauridagi hind restoranining ikkinchi qavatida yotoq joyi sifatida foydalanilgan xonada 12 nafar kishining jasadi topilgan. Ushbu shaxslar ehtimol mazkur ob’ektning xodimlari bo‘lgan. Dastlabki tekshiruv natijalariga ko‘ra, jasadlarda zo‘ravonlik belgilari aniqlanmagan. Shuningdek, tergovning dastlabki versiyasiga ko‘ra, yotoq joyiga yaqin yopiq joyda elektr generatori topilgan. Ushbu generator elektr energiyasi o‘chganidan keyin ishga tushirilgan bo‘lishi mumkin.
Halok bo‘lganlarning 11 nafari xorij fuqarolari, biri esa Gruziya fuqarosi ekani aniqlangan. Hodisa yuzasidan faol tergov ishlari boshlangan. Voqea joyida kriminalistika ekspertlari ish olib bormoqda. Halok bo‘lganlarning aniq o‘lim sabablarini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meksika Milliy gvardiyasi xodimlari Xalisko shtatida Lagos-de-Moreno va San-Luis Potosi shaharlari o‘rtasidagi yo‘lda beshta boshsiz jasad topgan edi.
LiveBarchasi