Gruziyada motam e’lon qilindi

Olam

image

Gruziya hukumati bugun, 9 yanvarni motam kuni deb e’lon qildi. Bu haqda “Interpressnews” xabar berdi.

Qayd etilishicha, qaror Saberiodagi fojia bilan bog‘liq. Ehtiyotsizlik oqibatida Gali tumani Saberio qishlog‘ida yong‘in oqibatida yog‘och uy butunlay yonib ketgan. Yong‘inda besh nafar yosh bola halok bo‘lgan. Marhum bolalarning dafn marosimi bugun, 9 yanvar kuni o‘tkaziladi.

“Gruziya hukumatining qarori bilan Galidagi Saberio qishlog‘ida besh nafar bolaning hayotiga zomin bo‘lgan fojia munosabati bilan 9 yanvar kuni motam kuni deb e’lon qilindi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, motam kuni mamlakatdagi davlat muassasalarida bayroqlar tushiriladi va ko‘plab tadbirlar ortga suriladi. Gruziya hukumati fuqarolarni birdamlikka va muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSHning amaldagi Prezidenti Jo Bayden Kaliforniyada kuchli yong‘in sabab favqulodda holat e’lon qilgandi.

Mohimbegim Ma’rufaliyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Gruziya motam Gali

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing