Gruziya Yevropa va Rossiyadan birini tanlashi kerak – Zurabishvili (video)
Olam
−
09 aprel
8446Gruziya mustaqillik yoki qullik, Yevropa yoki Rossiya orasidagi tanlov oldida turibdi. Bu haqda bugun, 9 aprel kuni Gruziya Prezidenti Salome Zurabishvili o‘zining X ijtimoiy termog‘idagi sahifasida yozdi.
Unga ko‘ra, tanlov har doim aniq bo‘lib kelgan. Prezident posti ostida jurnalistlarga bergan intervyusidan parchani ilova qilgancha, bugungi kunning ahamiyati Gruziya mustaqilligining daxlsizligida ekanini bildirgan.
“Bu kunning ahamiyati Gruziya mustaqilligining daxlsizligidadir. Bizni hech kim parchalay olmaydi. Hech kim – na bugun, na ertaga, na indinga”, degan u.
Qolaversa, u Gruziyaga rus yozuvi, rus bayrog‘i yoki rus qulligi hech qachon kirmasligini va g‘alaba qozonmasligini bildirgan.
“Biz 9 aprelda (SSSRdan mustaqillik kuni) sodir bo‘lgan voqeani takrorlashni xohlaymizmi yoki 1991 yil 9 aprel ruhiga intilamizmi? Bu Gruziya mustaqilligi yoki qulligi bo‘ladi”, degan Prezident.
So‘zi yakunida Zurabishvili Gruziya Yevropa yoki Rossiyani tanlashi kerakligini bildirgan va mamlakat qanday tanlov qilish kerakligini bilishini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 yanvar kuni Gruziya Prezidenti Salome Zurabishvili mamlakatning yagona dushmani Rossiya ekanini aytgan edi.
LiveBarchasi