Gruziya Rossiya bostirib kirishidan xavotirda. Rossiya va Belarus fuqarolariga eshiklar yopilmoqchi

Olam

image

Gruziya parlamentining “Gruziya uchun lelo” partiyasi Rossiya va Belarus fuqarolariga viza rejimini joriy etishga chaqirmoqda.

"Novosti Georgia" manbasiga ko‘ra, partiyaning fikricha, hozirgi vaqtda Rossiyadan tashrif buyuruvchilar oqimi keskin ko‘paygan va bu jarayon hukumat tomonidan nazorat qilinmaydi, bu esa kelajakda muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu bois partiya Rossiya Federatsiyasi bilan viza rejimini kuchaytirishni talab qilmoqda. 

“Tegishli tuzilmalar bizning hududimizga bosqinchi davlatdan kirib kelgan fuqarolarni nazorat qilmaydi va nazorat qila olmaydi, mamlakat Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi va davom etayotgan harbiy harakatlar fonida keskin kuchaygan tahdidlar va mavjud xavf-xatarlardan himoyalanmagan”, deyiladi partiya bayonotida.

Partiyaning eslatishicha, AQSH Kongressi Rossiyani terrorizm homiysi deb atagan. 

Belarus haqidagi gap ketganda, partiya bu davlat ham Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyotlarida ishtirok etishini ta’kidlagan. 

Partiya Rossiya va Belarus fuqarolari uchun 30 kunlik vizalar joriy etishni taklif qilmoqda. Shu bilan birga, vizalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri chegarada va/yoki onlayn tarzda berilishi kerak. 

Gruziyada 30 kundan ortiq qolmoqchi bo‘lganlar uchun vizalar Yevropa Ittifoqining ilg‘or amaliyotiga muvofiq tuzilgan tartiblarga ko‘ra berilishi kerak”, deyiladi partiya bayonotida. 

Hozirda Rossiya va Belarus fuqarolariga Gruziyaga borish uchun viza kerak emas. 

Ma’lumot uchun, 2022 yilning mart-iyun oylarida Gruziyaga kirgan Rossiya fuqarolari soni o‘tgan yilga nisbatan 355 foizga oshib, 299 094 nafarni tashkil qildi. 

Birgina iyun oyida Gruziyaga 135 mingdan ortiq Rossiya fuqarolari kirib kelgan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 340 foizga ko‘p. Qaysi qismi sayyoh sifatida kelgan va ularning qanchasi mamlakatda istiqomat qilayotgani noma’lum.


Maqola muallifi

Teglar

Gruziya Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

224

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing