Gruziya parlamenti Prezidentga qarshi bormoqchi

Olam

image

Gruziya parlamenti respublika prezidenti Salome Zurabishvilining chet el agentlari to‘g‘risidagi qonunga qo‘ygan vetosini yengib o‘ta oladi. Bu haqda Gruziya parlamenti raisi Shalva Papuashvili jurnalistlarga ma’lum qildi. 

“Albatta, parlament bu vetoni [xorijiy agentlar to‘g‘risidagi qonunga] bekor qiladi, chunki bu yana bir bor qonun gruzinlarniki ekanini ko‘rsatadi”, deydi Papuashvili. 

Parlament spikerining aniqlik kiritishicha,20 may kuni parlament byurosining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, unda Prezident vetosi ro‘yxatga olinadi va Huquqiy masalalar qo‘mitasiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi. Qo‘mita vetoni ko‘rib chiqqach, u yalpi majlisda ovozga qo‘yiladi. 

18 may kuni Zurabishvili chet el agentlari to‘g‘risidagi qonunga veto qo‘yib,uni bekor qilish kerakligini, chunki u Yevropa standartlariga zid va uni qabul qilish mumkin emasligini aytdi. Keyinroq OAVda prezidentning parlamentga aytgan so‘zlari tafsilotlari paydo bo‘ldi. Ularda u qonunning bandlariga hech qanday o‘zgartirish kiritmaydi va kuchga kirgandan keyingi kun uni bekor qilishni taklif qiladi. 

14 may kuni Gruziya parlamenti “Xorijiy ta’sirning shaffofligi to‘g‘risida”gi qonunni uchinchi o‘qishda qabul qildi, bu esa Yevropa Ittifoqining mamlakatning Yevropa Ittifoqiga integratsiyalashuvini to‘xtatib qo‘yish tahdidlari haqida keskin bayonotlarga sabab bo‘ldi. Gruziya Prezidenti Salome Zurabishvili 18 may kuni qonunga veto qo‘ygan edi. Avvalroq Bosh vazir Irakliy Kobaxidze, agar Prezident tomonidan berilgan asosli izohlar maqbul bo‘lsa, parlament veto qo‘yishni qo‘llab-quvvatlashi mumkinligini aytgan edi. Shu bilan birga, Zurabishvili ta’kidlaganidek, u o‘zgartirishlar kiritmaydi, chunki qonunni qabul qilish mumkin emas. 

“Xorijiy ta’sirning ochiqligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ko‘rib chiqish joriy yilning aprel oyida boshlangan. O‘shandan beri Gruziyada keng ko‘lamli namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Bir necha marta ular xavfsizlik kuchlari bilan to‘qnashuvga aylangan.  Qonunga AQSH, Yevropa Ittifoqi, BMT, NATO, YeXHT va Yevropa Kengashi qarshi chiqmoqda. Yevropa yetakchilari bu qonun Yevropa qadriyatlariga zid ekanini aytadi. Gruziyaning hukmron partiyasi yetakchilarining ta’kidlashicha, u faqat nodavlat sektor va ommaviy axborot vositalarining xorijdan moliyalashtirilishi shaffofligini ta’minlashga xizmat qiladi.


 


Maqola muallifi

Teglar

Gruziya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing