Grinvudning hibsga olinishi Lingardning foydasiga ishladi

Sport

image

“Manchester Yunayted”ning 20 yoshli britaniyalik hujumchisi Meyson Grinvud bilan yuzaga kelgan shov-shuvli vaziyat mankunianliklar yarim himoyachisi Jessi Lingardning jamoada qolishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda “Telegraph” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, aynan Grinvudning hibsga olinishi va mashg‘ulotlardan chetlatilishi “Manchester Yunayted”ni Lingard bilan xayrlashish rejalaridan voz kechishga majbur qilgan. Oldinroq Jessiga “Nyukasl” va “Vest Xem”dan qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, futbolchining sevgilisi Xarriyet Robson kaltaklanish izlarini ko‘rsatgan va Meysonni zo‘ravonlikda ayblagan edi. “Manchester Yunayted” rahbariyati esa Grinvudga qarshi ayblovlar tufayli uni mashg‘ulotlardan chetlatgan.

Ma’lumot uchun, Grinvud "Qizil Iblislar" safida Krishtianu Ronaldu bilan birga to‘p tepadi. Meyson muxlislar tomonidan dekabr oyining eng yaxshi futbolchisi, deb tan olingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

MYu Lingard Grinvud Robson

Baholaganlar

54

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing