Gretsiyada Saudiya shahzodasining yaxtasi falokatga uchradi

Olam

image

Gretsiyada Saudiya Arabistoni shahzodasiga tegishli yaxta suvga qulab tushdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, uning narxi 80 million dollar bo‘lgan. Bu haqda “Daily Mail” xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yaxtani ta’mirlash uchun suvdan ko‘tarishayotgan bo‘lgan. Shundan so‘ng falokat yuz berib, kema 45 daraja burchak ostida suvga qulagan.

Nashrga ko‘ra, yaxtaning uzunligi 70 metrni tashkil etadi. Unda 11 ta kayuta, kinoteatr va palubada jakuzi bor. Uning jami og‘irligi 1415 tonna kelishi aytilmoqda. 

Kemaning xo‘jayini Saudiya Arabistonining vafot etgan qiroli Fahdning nabirasi shahzoda Turkiy bin Muhammad bin Fahd Ol Saud hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Gretsiya Saudiya Arabistoni yaxta

Baholaganlar

47

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing