Gretsiyada haydovchilar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi

Olam

image

Bugun, 17 fevral kuni Gretsiya poytaxti Afina shahrida taksi haydovchilari uch kunlik ish tashlashni boshladi. Bu haqda “Ekathimerini” xabar berdi.

Taksi haydovchilari assotsiatsiyasi chaqirig‘i bilan haydovchilar 17 fevral kuni soat 06:00 dan ishni to‘xtatgan. Ish tashlash joriy yil 20 fevral kuni soat 06:00 gacha davom etadi.

Bu vaqt ichida taksilar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmaydi. Shuningdek, haydovchilar Afina ko‘chalarida norozilik yurishlari o‘tkazishni rejalashtirgan.

Xabarlarga ko‘ra, haydovchilar elektromobillarga bosqichma-bosqich o‘tish tartibini joriy etish, avtomobillarni ijaraga olish qoidalarini belgilash, avtobus yo‘laklaridan foydalanishga ruxsat berish va soliq yukini kamaytirishni so‘ramoqda. 

Agar talablar bajarilmasa, haydovchilar muddatsiz ish tashlash e’lon qilishlarini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq fransiyalik fermerlar agar hukumat tugunli dermatit kasalligi avj olgani sababli chorva mollarini majburiy so‘yishni to‘xtatmasa va Yevroittifoqning MERCOSUR (Janubiy Amerika davlatlarining iqtisodiy-siyosiy integratsiya bloki) mamlakatlari bilan savdo kelishuvi imzolanishiga to‘sqinlik qilmasa, Parijni mingta traktor bilan qamal qilish bilan tahdid qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Gretsiya haydovchilar Afina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing