Grenlandiyada 2 kunda 16 milliard tonna muz eridi. Bu qanday xavfdan darak? (video) 

Olam

image
0:00
0:00
download

Grenlandiyada joriy yilning 28 iyulidan boshlab, mutaxassislar havoning nihoyatda yuqori haroratini (19,8 daraja) qayd etdi. Bu esa atigi 2 kun ichida 16 milliard tonna muz erishiga sabab bo‘lgan. 

Grenlandiya — shimoliy yarimshardagi eng katta muz massasi, uning aholisi 50 mingga yaqin. Daniya meteorologiya instituti ma’lumotlariga ko‘ra, 28 iyul kuni 8,5 milliard tonnadan ortiq muz erigan. Bu holat 29 iyul kuni ham davom etib, o‘sha kunda yana 8,4 milliard tonna muz erigan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, erigan muz 2 dyuym chuqurlikdagi 65 758 kvadrat metr maydonga ega bo‘lgan Floridani qoplash uchun yetarli bo‘lardi. Daniyaning avtonom hududida erish mavsumi odatda iyundan avgustgacha davom etadi va iyul oyida avjiga chiqadi. Ta’kidlanishicha, o‘tgan chorshanbadan beri 40 milliard tonnadan ziyod, iyun oyining boshidan beri esa 100 milliard tonnadan ziyod muz erigan. 

Grenlandiyadagi eng katta erish 2019 yilda kuzatilgan, bunda mavsum davomida 530 milliard tonnadan ortiq muz yo‘qolgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yilning 30 iyulida kun davomida 11 milliard tonnadan ziyod muz erigan. 

14 000 olimning iqlimning favqulodda holati to‘g‘risida ogohlantirgan so‘nggi hisobotida Grenlandiya va Antarktida muzliklari 15 yil avvalgiga qaraganda 30 foiz tezroq erimoqda. Grenlandiyadagi muzning erishi, yakunda dengiz sathining taxminan 7 metrga ko‘tarilishiga yordam berishi kutilmoqda. 

Agar muz qatlami to‘liq erisa, jahon okeanidagi suv sathi taxminan 7 metrga ko‘tariladi. Natijada barcha mamlakatlarning ko‘plab shaharlari suv ostida qoladi. Shu bilan birga, okean sohilida joylashgan shaharlar hozir ham xavf ostida. Ta’kidlanishicha, XXI asrning oxiriga kelib, dengiz sathi 10 santimetrga ko‘tarilishi mumkin, chunki so‘nggi yillarda Grenlandiyada muz erishi tezligi sezilarli darajada oshgan. 

Avvalroq, Arktikada harorat Yerning boshqa qismlariga qaraganda tezroq ko‘tarilayotgani, bu jarayon sayyoradagi ob-havo uchun salbiy oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligi haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Daniya muz

Baholaganlar

593

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing