Yerning ikki qutbidagi 12,5 trln tonna muz erib ketdi
Olam
−
17 sentabr 2545 1 daqiqa
Grenlandiya va Antarktidada 1979 yildan buyon 12,5 trillion tonna muz erib ketgan. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, Yerning isishi sayyoradagi ikkita yirik muz qoplamining erishini tezlashtirmoqda. Erigan muzning qariyb beshdan to‘rt qismi havoning isishi sababli emas, balki okeanlardagi suvning iliqlashishi natijasida yo‘qolgan. Iliq suv muzliklarning pastki va chekka qismlarini yemirib, ularning okean tomon tezroq siljishiga sabab bo‘lmoqda. Oqibatda dengiz sathi ham ko‘tarilmoqda.
Kaliforniya universiteti (Irvayn) muzlikshunosi Erik Rinotning aytishicha, muz qoplamlari tez sur’atda kamaymoqda. Qutb hududlaridagi muzlarning erishi butun dunyoda dengiz sathining ko‘tarilishiga olib keladi. Bu esa qirg‘oqbo‘yi hududlarining iqlim o‘zgarishiga nisbatan zaifligini yanada oshirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq olimlar dunyo okeanida kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori haroratni qayd etgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi