Green Card’ni taqiqlovchi farmonga imzo chekildi

Olam

image

Avvalroq, AQSH Prezidenti Donald Tramp mamlakatga immigratsiyani vaqtincha to‘xtatish to‘g‘risidagi farmonni imzolashi kutilayotgani haqida xabar bergan edik

Bugun, 23 aprel kuni Qo‘shma Shtatlar rahbari Donald Tramp koronavirus pandemiyasi fonida immigratsiyani to‘xtatish haqidagi farmonga imzo chekdi. Bu haqda “Oq uy” to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilgan matbuot anjumanida ma’lum qilingan.

Immigratsiyani vaqtincha to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror amerikalik ishsiz fuqarolarining AQSH iqtisodiyotini tiklash davrida ish topish uchun “birinchi navbatda” yordam beradi, dedi Tramp.

Bundan tashqari, Amerika rahbari fuqarolar uchun sog‘liqni saqlash resurslarini asrash muhimligini ta’kidladi.

Trampning ushbu farmoni ko‘plab ekspertlarning munosabat bildirishiga sabab bo‘ldi. Jumladan, rossiyalik mutaxassislarning fikricha, Qo‘shma Shtatlar yetakchining ushbu farmoni mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirishga yordam bermaydi


Maqola muallifi

Teglar

Green Card

Baholaganlar

27

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing