Gorbachyov Putinga qarshi chiqdi
Olam
−
21 noyabr 2019
11746Kecha, 20 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin "Rossiya zovet!" investitsion forumida ishtirok etib, o‘z nutqida SSSRning parchalanishiga samarasiz iqtisodiy islohotlar sabab bo‘lganini aytgan edi. Putinning bu bayonoti 88 yashar siyotchi Mixail Gorbachyovni javob berishga undadi.
Shu kunlarda OAVda turli chiqishlari, davlatchilik yuritish prinsiplari va zamonaviy Rossiya haqidagi fikrlari bilan diqqat markazida turgan Mixail Gorbachyov SSSR parchalanishiga sabab bo‘lgan omillardan yana birini ochiqladi.
“Ittifoq respublikalarida o‘z davlatchiligi tushunchasi paydo bo‘la boshlagan edi, lekin bu har doim ham hisobga olinmasdi. Xulosa shuki, Ittifoq ichida munosabatlarni qayta ko‘rib chiqish va demokratlashtirish kerak edi.
Vaziyatni yaxshiroq tushunish uchun, men boshchiligimdagi Ittifoq maxsus komissiyasi 1991 yil dekabrlarda chop etgan maqolani o‘qib chiqing. Biz o‘shanda vaziyatni barqarorlashtirish choralari ishlab chiqish uchun juda ko‘p kuch sarflagan edik”, deydi sobiq Prezident.
Mixail Gorbachyovning aytishicha, sobiq Ittifoq respublikalari umumiy tarixni yodda tutgan holda o‘zaro suhbatni davom ettirishlari kerak.
“Vaziyatni chigallashtirmasdan, bir-birimizni ayblamasdan, hozir ham birgalikda ishlashimiz mumkin”, deydi sobiq rahbar.
Biroz oldin chop etilgan “Global dunyoning kelajagi” nomli kitobida, Gorbachyov SSSRning yagona davlat sifatida saqlab qolish mumkinligi haqida yozgan.
“Buning uchun barcha respublikalar manfaatiga javob beradigan yangi Ittifoq haqida shartnoma tayyorlangan edi. Uni amalga oshirishga 1991 yilda Moskvada sodir bo‘lgan “Avgust fitnasi” (Avgustovskiy putch) halal berdi”, deb yozgan o‘z kitobida Gorbachyov.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda Germaniyada yashayotgan Mixail Gorbachyov oldingi chiqishlarida SSSRning parchalanish sababi sifatida “Prezident hokimiyatining kuchsizlanishi” degan edi.
LiveBarchasi