Google yangi boshqotirma o‘yin taqdim etdi

Texnologiya

image

Google haqiqiy suratlar orasida neyron tarmoqlar tomonidan yaratilgan tasvirlarni topishga asoslangan brauzer boshqotirmasini ishga tushirdi. 

Bir qarashda bu o‘yin oson bo‘lib tuyuladi, ammo aslida vazifa oson emas. Suratlarning barchasi xuddi haqiqiydek ko‘rinadi. 

Dastlab o‘yinchiga 4 ta variantdan birini tanlash uchun taxminan 10 soniya vaqt beriladi. O‘yin davomida har bir ishtirokchiga hammasi bo‘lib to‘rtta “jon” (imkoniyat) beriladi va har bir darajada taxmin qilish vaqti kamayib boradi.

Eslatib o‘tamiz, bir oy avval YouTube videoxostingi ham onlayn o‘yinlarni o‘ynash uchun mahsulotni ichki sinovdan o‘tkazayotganini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

google boshqotirma O'yin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing