O‘yinlar vaqtida qotmaydigan smartfon taqdim etildi

Biznes

image

Insonlar hayotida har doim ham amalga oshiravermaydigan, ammo muhim tanlovlardan biri bu smartfonlardir. Ko‘pchilik mobil qurilma xarid qilganda turli xususiyatlarga e’tibor qiladi. Masalan, kimdir quvvatlash tizimiga, kimdir kameraning sifatiga, kimdir dizayniga, yana kimdir esa brendiga. Umuman olganda, siz qaysi funksiyaga ko‘ra tanlasangiz ham, kundalik yumushlaringizning katta qismi shu kichik gadjet orqali hal bo‘lgani sabab boshqa kichik kamchiliklardan aziyat chekaverasiz. Ammo HUAWEI ushbu muammoga yechim topdi.

Kompaniya mamnuniyat bilan nova 12 series smartfonlarini taklif etgan edi. U HUAWEI nova 12i, HUAWEI nova 12s va HUAWEI nova 12se modellarini o‘z ichiga oladi.Ular o‘zining mukammal ekosistemasi sababli 11 seriyalariga qaraganda ko‘proq sotildi. Endi siz nafaqat barcha qulayliklarga ega smartfondan rohatlana olasiz, balki bamaylixotir o‘yinlarni ham o‘ynayverishingiz mumkin.

Nova’ning yangi o‘yin mexanizmi o‘yin vaqtida qotishlarni minimal darajada kamaytiradi. Ekranda bajariladigan amallarning tez va aniqligini yaxshilaydigan sensor boshqaruvi⁠ bilan juda qulay o‘yin muhitiga ega bo‘lish mumkin.

Google ilovalarini qo‘llab-quvvatlovchi tizimga-chi, nima deysiz? Allaqachon Rossiya va Xitoy bozorlarini egallagan HUAWEI kompaniyasi mijozlarga shunday imkoniyatni taqdim etadi. U yillar davomida qurilmalarning ekotizimini rivojlantirib kelmoqda.

AppGallery shunday yutuqlarning yorqin dalilidir. Google xizmatlarini ilovalar do‘konidan to‘g‘ridan to‘g‘ri qurilmaga xavfsiz yuklab olish mumkin. Mijozlar ilovalarni yangilash uchun qo‘shimcha amallarni bajarishi talab etilmaydi. AppGallery’dan ilovalarni o‘rnatgandan so‘ng, keyingi yangilanishlar avtomatik ravishda amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, qurilma yangilangan EMUI 14 tizimiga ega bo‘lib, bu Google ilovalarini muammosiz yuklab olish imkonini beradi. Ushbu tizim, xavfsizlik haqida qayg‘urishga hojat qoldirmaydi. HUAWEI’ning har uchala rusumi ham yangi EMUI 14 interfeysiga ega. Maxfiylik markazi shaxsiy ma’lumotlarga kirish huquqiga ega bo‘lgan ilovalar haqida ma’lumot to‘playdi. Keyin uni qulay shaklda vizualizatsiya qiladi. Bu foydalanuvchilarga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarni osongina kuzatib borish va oldini olish imkonini beradi. Shuningdek, xavfsizlik markazi tizimni viruslar va zararli dasturlardan himoya qiladi.

Ushbu smartfonlar dizayn jihatdan ancha ingichka korpusi, bir necha barobar tezroq quvvatlovchi batareyasi, keng va yorqin ekrani, betakror selfi kamerasi bilan barcha qulayliklarni o‘zida birlashtiradi.

Odatda quyosh nurining hisobga olinmasligi, chiroqlardan foydalanmaslik va qurilmani to‘g‘ri tanlamaslik oqibatida olingan suratlar professionallikdan holi bo‘ladi. Ammo siz ushbu seriya smartfonlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh nuri ostida yoki xira muhitda ham kontentni tiniq va sifatli holatda saqlab qola olasiz. Qurilmalarni yorqin yashil, oq va qora ranglarda xarid qilishingiz mumkin.

Modellarning quvvatlash imkoniyatlari esa alohida e’tiborga molik. Bugungi kunda mashhur brendlarning mijozlari ham telefon quvvatining uzoq vaqtga yetmasligidan aziyat chekadi. Biroq HUAWEI nova 12 seriyalari qisqa vaqt ichida to‘liq quvvatlanish imkoniyatiga ega. Ular SuperCharge Turbo akkumulyator bilan yarim soat ichida to‘liq quvvatlanish imkoniyatini beradi.

Ya’ni siz shunchaki transport kutish vaqtida yoki jamoat transportida, ovqatlanish shoxobchalarida ham telefoningizni quvvatlab, yo‘lda davom etishingiz mumkin va butun kun davomida telefoningizni quvvatlash haqidagi xavotirli xayollardan forig‘ bo‘lasiz. Qo‘shimcha quvvatlovchi qurilmalarni o‘zingiz bilan olishingizga hojat yo‘q. Bu ham vaqtingizni, ham naqdingizni tejaydi. Ovoragarchiliklarni esa kamaytiradi.

HUAWEI dunyodagi eng yirik smartfon ishlab chiqaruvchi 6 ta kompaniyaning biridir. AppGallery esa dunyodagi uchinchi yirik ilovalar do‘koni hisoblanadi. Kompaniya 170 dan ortiq mamlakatni qamrab olgan bo‘lib, oylik faol foydalanuvchilar soni 580 millionni tashkil etadi. Unutmaslik kerakki, yaxshi mahsulot sarflangan pullarga arziydi. Shunday sifatli smartfonlarni Texnomart, Idea va Uzum onlayn savdo do‘konlaridan xarid qilishingiz mumkin. Tanlovda adashmang!


Maqola muallifi

Teglar

smartfon dizayn HUAWEI O'yin ekran nova AppGallery

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing