“Brend uchun ortiqcha to‘lovga chek qo‘yamiz”. 7Tech o‘zining ilk smartfonini namoyish etdi

Biznes

Reklama
0:00

Siz doim ortiqcha pul to‘lagansiz! Zamonaviy smartfon bozorida ko‘pchilik xaridorlar bilmasdan bir tuzoqqa tushishadi: siz sotib olayotgan ko‘pgina mashhur qurilmalar narxining asosiy qismi telefonning o‘ziga emas, shunchaki uning korpusidagi tanilgan brend nomi yoki logotipi uchun to‘lanadi. Aslida tannarxi ancha arzon bo‘lgan telefonlarga mashhurlik markasi tufayli asossiz ravishda yuqori ustama narx qo‘yiladi.

Joriy yilning 20 avgust kuni rasmiy sotuvlari boshlangan 7Tech Connect U7 smartfoni esa bu adolatsizlikka chek qo‘ymoqda. Endi siz nom uchun ortiqcha pul to‘lamaysiz — faqat mahsulotning asl qiymati va real imkoniyatlari uchun haq to‘laysiz.

Sport vakillari, texnoblogerlar va yana yuzlab insonlarni bir manzilga O‘zbekiston texnobozoridagi muhim voqelik jamladi. 7Tech brendi o‘z tarixidagi ilk smartfon – Connect U7 modelini rasman jamoatchilikka taqdim etdi. Yopiq taqdimot marosimi shu yilning 20 avgust kuni bo‘lib o‘tdi.

Connect U7 shunchaki tashqi ko‘rinishi chiroyli telefon emas. Uning ichiga 8 GB tezkor xotira va ultra tezkor 5G aloqa tizimi joylangan. MediaTek Dimensity 7400 protsessori bilan smartfon soatlab ishlatilganda ham, eng og‘ir o‘yinlarni o‘ynaganda ham umuman qotmaydi. 120 Gersli AMOLED ekrani esa har bir harakatni juda silliq va yoqimli ko‘rsatadi. Xullas, bu kundalik foydalanish uchun haqiqiy qulaylik bera oladigan smartfon.

Ijtimoiy tarmoqlar insonlarning hayotida alohida muhim o‘rin egallayotgan zamondamiz va tabiiyki, bu paytda barcha o‘zining eng yaxshi, tiniq va chiroyli rasmlarini hamda videolarini internetga joylash harakatida bo‘ladi. Bu masalada esa ushbu smartfon sizga yordam beradi. 108 megapikselli asosiy kamera hamda 50 megapikselli selfi kamerasi bor. Texnoblogerlar ham yangi smartfonni ijobiy baholadi.

“Telefonlarni ko‘rdik. Connect U7 telefonini. Protsessorini ko‘rdik, o‘rgandik hamma narsasini va bu telefonga o‘rnatiladigan MediaTek’dan Dimensity 7400 protsessori o‘zi bizning tajribamizda o‘rta sinfga mansub bo‘lgan telefonlarga o‘rnatiladi. Eng qiziqarli joyi shundan chiqdiki, mana hozir Yakuza do‘stimiz bilan gaplashdik, PUBG o‘ynaydi. Men tekshirib ko‘rdim, 120 FPS berdi dedi. Men o‘zim shaxsan tekshirmadim hali, lekin uning gapi bo‘yicha 120 FPS. Endi u yaxshiroq bilsa kerak, PUBG bo‘yicha endi o‘zingiz bilasiz. Bu narsasi quvontirdi, chunki narxi yoqimli. Yana bitta yoqqan tarafi – bu, masalan, ekrani tushib qolsa, sinib qolsa, 360 ming so‘mga yangisiga almashtirsa bo‘lar ekan. Ya’ni ehtiyot qismlari uncha qimmat emas, mahalliy mahsulot bo‘lganligi uchun”, deydi Temur Hotamov.

Yana bir texnobloger Odil Nizomov esa smartfonning sun’iy intellekt (AI) bilan integratsiya qilinganini yuqori baholadi.

“Birinchi emotsiya “vov” bo‘ldi, chunki bizga, sizga ko‘rsataman, eksklyuziv, biz uchun alohida berishgan anpekingga. Men kutganimdan ko‘ra, darajasi ancha yaxshi. Masalan, 7Tech’dagi birinchi smartfon uchun men kutgan darajadan ancha yaxshi bo‘lipti. Imkoniyatlariga keladigan bo‘lsak, o‘zining segmentidagi hozirgi zamonaviy smartfonlar bilan bemalol raqobat qila oladi deb o‘ylayman. Zamonaviy smartfonlar maksimal darajada sun’iy intellektni integratsiya qilayotgan paytda, 7Tech ham bittada AI bilan kirib kelgani alohida yaxshi natija bo‘ldi deb o‘ylayman”, deydi bloger.

Bugun telefon egalarini eng ko‘p qiynaydigan va keng tarqalgan muammo bu batareya bilan bog‘liq. Ammo ushbu smartfonda 5000 mA·soat sig‘imga ega akkumulyator bor. Bu degani siz undan kun davomida faol foydalanishingiz mumkin.

Berilayotgan baholar yuqori. Xo‘sh, 7Tech kompaniyasining bu yangi yo‘nalishga kirib kelishdan ko‘zlangan asosiy strategik maqsadlari nima?

“Biz milliy brendimizga asos solganlar qatoridamiz. Geografik joylashuvni inobatga olsak, O‘zbekistondagi barcha ishlab chiqaruvchilar uchun logistika juda muhim masaladir. Ammo mobil telefonlar sohasida bizda katta ustunlik bor: smartfonlar yengil va ixcham bo‘lgani bois, ularni havo yo‘llari orqali dunyoning istalgan burchagiga yetkazib berish imkoniyati yuqori. Asosiy yutug‘imiz va strategik maqsadimiz – faqat O‘zbekiston bozori bilan cheklanib qolmay, 7Tech brendini dunyoga tanitish va eksport geografiyasini kengaytirishdir. Xususan, qo‘shni mamlakatlar, Yaqin Sharq hamda Yevropa bozorlariga kirib borish orqali xorijda yashayotgan hamyurtlarimiz uchun ham yangi ish o‘rinlarini yaratishni maqsad qilganmiz. Xalqaro bozordagi yana bir muhim qadamimiz – yaqinda brendimiz va telefonlarimizni xalqaro standartlar bo‘yicha rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazdik, bu esa jahon bozoriga chiqishda yangi imkoniyatlarni ochadi. Shuningdek, biz narx va sifat mutanosibligini ta’minlashni bosh mezon deb bilamiz. Mashhur xalqaro brendlarni sotib olayotganda xaridorlarning shunchaki brend nomi uchun ortiqcha pul to‘lashini noto‘g‘ri deb hisoblaymiz. Biz ana shu ortiqcha to‘lovlarga chek qo‘yib, mijozlarga ular to‘lagan puliga mos va munosib sifatni taqdim etamiz”, deydi 7Tech bosh menedjeri Eldor Rajabov.

O‘zbekistonning milliy brendi ostidagi smartfonga bo‘lgan qiziqish faqat mamlakat ichida cheklanib qolgani yo‘q. Taqdimotda qatnashgan xorijiy hamkorlar ushbu qurilmaning mintaqaviy bozordagi salohiyatiga yuqori baho bermoqda.

“Shu yilning iyun oyida 7Tech kompaniyasi bilan hamkorlikni boshladik. Hozirgi vaqtda kompaniyalarimiz o‘rtasidagi tovar aylanmasi bir necha million dollarni tashkil etadi va bu faqat boshlanishi. 7Tech kompaniyasi taklif qilayotgan mahsulot hozirda Rossiyadagi xaridorlarimizga yoqib qoldi. Ularning sifati Yevropa sifatiga mos keladi. Rossiyalik iste’molchining o‘zi buni aytmoqda”, dedi Rossiyadagi Union Group kompaniyasi rahbari Aleksandr Rojkov.

Mahsulotni qachon va qayerdan sotib olsak bo‘ladi degan savol sizda paydo bo‘lgandir? Javob esa aniq. Sotuvlar taqdimot o‘tkazilgan kun – shu yilning 20 avgustidayoq boshlandi. 7Tech Connect U7 – sifat, unumdorlik va zamonaviy qulaylikni bir nuqtaga jamlagan ilk qadam. Sotuvlar e’lon qilindi. Narxi qancha degan savolga esa brendning rasmiy sahifalaridan javob topishingiz mumkin.

Web: seventech.uz
Instagram: @sevenmobile.uz
Telegram: @seventechmobile7

*Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing