ChatGPT’da chatlarni PIN-kod bilan qulflash imkoniyati paydo bo‘ldi

Texnologiya

−

image

ChatGPT shaxsiy suhbatlarni PIN-kod bilan qulflash imkoniyatini taqdim etdi. “Locked chats” deb nomlangan funksiya foydalanuvchilarga bosqichma-bosqich taqdim etilmoqda. Bu haqda OpenAI ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qulflangan suhbatlar odatiy chatlar ro‘yxati va qidiruv natijalarida ko‘rinmaydi. Ularni ochish uchun to‘rt xonali PIN-kod kiritish kerak. Mos mobil qurilmalarda Face ID, Touch ID yoki qurilmani qulfdan chiqarish usulidan ham foydalanish mumkin.

Funksiyani yoqish uchun suhbatning uch nuqtali menyusidan “Lock chat” bandini tanlab, PIN-kod o‘rnatish lozim. Qulflangan chatlarni “Projects“ → “Locked chats” bo‘limidan topish mumkin.

PIN-kod unutilib, qayta o‘rnatilsa, qulflangan suhbatlar va ulardagi ma’lumotlar butunlay o‘chiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Google shaxsiy akkaunt foydalanuvchilari uchun Gemini modellaridan foydalanish shartlarini o‘zgartirgandi. Xususan, joriy yil 9 oktyabrdan boshlab Google AI obunasiga ega bo‘lmagan foydalanuvchilar Gemini Flash va Gemini Pro modellariga kirish huquqini yo‘qotdi, bepul tarif esa faqat Gemini Flash-Lite modeli bilan cheklandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing