Google sun’iy intellekt qo‘shiqlarini litsenziyalamoqchi
Texnologiya
−
09 avgust 2023
3096Google va Universal Music media xoldingi sun’iy intellekt yordamida yaratilgan musiqiy asarlarni litsenziyalash bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda “Moskva24” nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kelishuvlar tarmoqda soxta qo‘shiqlar sonining keskin ortgani sabab amalga oshirilyapti. Sun’iy intellektning paydo bo‘lishi soxta qo‘shiqlarning ko‘payishiga olib kelgan. Shuningdek, muzokaralarning maqsadi muxlislarga qonuniy yo‘l bilan yaratilgan treklarni taqdim etishdir.
Hozirda muzokaralar dastlabki bosqichda. Agar ular muvaffaqiyatli yakunlansa, Google sun’iy intellekt orqali yaratilgan qo‘shiqlar uchun mualliflik huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga haq to‘laydi.
Eslatib o‘tamiz, Google, shuningdek, kamida ikki yil davomida saytda faol bo‘lmagan hisoblar o‘chirilishini bildirgandi.
LiveBarchasi