Google’dan eng ko‘p qidirilgan ukrainaliklar reytingi e’lon qilindi

Olam

image

Internet tarmog‘idagi yirik qidiruv tizimi Google 2023 yilda ukrainalik foydalanuvchilar so‘rovlarining yakuniy reytingini taqdim etdi. 

Unga ko‘ra, boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida WBA, WBO, IBO va IBF yo‘nalishlari chempioni Aleksandr Usik (21-0, 14 KO) va “Chelsi” vingeri Mixail Mudrik ukrainaliklarda “Eng ko‘p qiziqish uyg‘otgan shaxs” yo‘nalishida kuchli o‘ntalikka kirdi.
Usik reytingda 4-o‘rinni, Mudrik 6-o‘rinni egalladi. Reytingda Ukraina Mudofaa vaziri Rustam Umarov peshqadam bo‘ldi.

E’tiborlisi, qidiruv so‘rovlari orasida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham bor, u reytingda 5-o‘rinni band etdi.

Reyting:

1. Rustam Umarov;
2. Spartak Subbota;
3. Aleksey Arestovich;
4. Aleksandr Usik;
5. Vladimir Putin;
6. Mixail Mudrik;
7. Kirill Budanov;
8. Dmitriy Linartovich;
9. Irina Farion;
10. Garik Bircha.

Ma’lumot uchun, Aleksandr Usik 2024 yilning 17 fevralida britaniyalik Taydon Fyuriga qarshi mutlaq chempionlik jangida qatnashadi. Jang Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadi. O‘zining so‘nggi jangida Usik to‘qqizinchi raundning boshida britaniyalik Daniel Dyubuani mag‘lub etgan.


Maqola muallifi

Teglar

WBA Google ukraina IBF WBO IBO

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing