Google 12 000 nafar xodimini ishdan bo‘shatmoqchi

Texnologiya

image

Google’ning bosh kompaniyasi Alphabet 12 000 nafar xodimni ishdan bo‘shatadi. Bu haqda kompaniya bosh direktori Sundar Pichai xabar berdi.

Kompaniya bosh direktorining ta’kidlashicha, ikki yil davomida Google hozirgi iqtisodiy sharoitda bo‘lishini kutmasdan, o‘sishni ta’minlash uchun faol ravishda rivojlanib, xodimlarni yollagan. Endi kompaniya xarajatlarni kamaytirishga e’tibor qaratishi va barcha sa’y-harakatlarini biznes uchun ustuvor bo‘lgan sohalarga yo‘naltirishi kerak bo‘ladi.

Qayd etilishicha, Google kompaniyasi birgina Buyuk Britaniyada 5500 dan ortiq xodimga ega. Ammo u yerdagi qancha xodimning ishdan bo‘shatilishi hali noma’lum. Shuningdek, kompaniya ishdan ozod qilinayotgan AQSH xodimlari uchun 16 haftalik ish haqi, 2022 yil ta’tili uchun qo‘shimcha pul va olti oylik tibbiy sug‘urtani to‘lab berishini ma’lum qildi. Kompaniya xodimlarining ishdan bo‘shatilishi butun dunyo bo‘ylab ishchi kuchining 6 foiziga qisqarishiga olib keladi.

Eslatib o‘tamiz, Amazon 18 mingdan ortiq xodimini ishdan bo‘shatishni rejalashtirgan edi.

Avvalroq esa Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlariga egalik qiluvchi Meta kompaniyasi ham 11 ming xodimini ishdan bo‘shatgan edi.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Buyuk Britaniya Google Amazon Meta ishdan bo'shatish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing