Amazon 18 000 dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatmoqchi

Olam

image

Amazon 18 000 dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Ishdan bo‘shatishga xalqaro iqtisodiy ko‘rsatkichlarning doimiy pasayish holatida ekanligi sabab qilib ko‘rsatilgan.

COVID-19 pandemiyasi davrida katta daromad qilgan Amazon keyingi yillarda savdo hajmini ancha kamaytirdi. 2022 yilning o‘zida kompaniyaning aksiyalari taxminan 50 foizga kamaygan.

Ma’lumot o‘rnida, ishdan ozod etiladigan xodimlarning asosiy qismi kadrlar bo‘limi va Amazon do‘konlaridagi ishchilardir. Kompaniya 18 yanvardan boshlab ishdan bo‘shatilgan xodimlar ro‘yxatini ma’lum qiladi. Ishini yo‘qotgan savdo xodimlari kompaniya tomonidan deyarli besh oylik ish haqi, tibbiy sug‘urta va boshqa imtiyozlarga ega bo‘lishi haqida ham aytilmoqda. 

Shuningdek, Amazon kompaniyasi 2022 yilning kuzida 10 000 ga yaqin xodimni ishdan bo‘shatishni rejalashtirgan edi. Yana bir Salesforce kompaniyasi ham bugungi kunda 8000 ming ishchini bo‘shatish arafasida turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlariga egalik qiluvchi Meta kompaniyasi ham o‘tgan yilning noyabr oyida 11 000 xodimni ishdan bo‘shatgan edi.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing