Gollivudning mashhur aktyori qor bo‘roni tufayli og‘ir jarohatlandi

Madaniyat-san’at

image

Amerikaning superqahramonlar haqidagi filmlarida “lochin ko‘z” Klint Barton obrazi bilan tanilgan aktyor Jeremi Renner baxtsiz tasodif sabab jiddiy jarohat oldi. Bu haqda bugun, 2 yanvar kuni “Deadline” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, AQSHda kuzatilgan noqulay ob-havo sharoiti tufayli aktyor Rouz tog‘idan 40 kilometr uzoqlikda joylashgan uyida transport vositasi bilan qor kurashga kirishgan. Ammo u baxtsiz hodisa tufayli avtohalokatga uchragan hamda jiddiy jarohat olgan. Kinoyulduz vertolyot orqali kasalxonaga yetkazilgan.

Shifokorlar aktyorning holatini og‘ir deya baholagan. Aktyorning ma’muriga ko‘ra, Rannerning oila a’zolari hozir u bilan birga.

Ma’lumot o‘rnida, Jeremi Renner 1971 yilning 7 yanvar kuni AQSHning Kaliforniya shtatida tug‘ilgan. U aktyorlik faoliyatini 1995 yildan boshlagan. “Qasoskorlar” filmining turli qismlarida “lochin ko‘z” Klint Barton nomli mergan roli aktyorga katta omad keltirgan. 2010 va 2011 yillarda Jeremi Renner “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘lgan, ammo har ikki safar ham unga omad kulib boqmagan.

Eslatib o‘tamiz, Amerika Qo‘shma Shtatlarida sodir bo‘lgan qor bo‘roni tufayli 78 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilingan edi. Amerikada kuzatilgan qattiq sovuq hattoki Niagara sharsharasini ham qisman muzlatib qo‘ydi.


Maqola muallifi

Teglar

Gollivud Jeremi Renner Klint Barton

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing