Niagara sharsharasi AQSHdagi qor bo‘roni tufayli muzlab qoldi (foto, video)

Bu qiziq

image

So‘nggi kunlarda AQSH va Kanadaning ayrim hududlarida kuzatilgan qattiq sovuq tufayli dunyodagi eng katta sharsharalardan biri bo‘lgan Niagara qisman muzlab qoldi. Bu haqda BBC nashri xabar berdi.

Muz kengligi Niagara sharsharasidan 25 mil (taxminan 40 km) janubda joylashgan Nyu-Yorkning Buffalo shahrida past harorat va kuchli qor bo‘roni tufayli paydo bo‘lgan.

AQSHda sodir bo‘layotgan qor bo‘ronlarida vafot etganlarning aksariyati Niagara sharsharasi yaqinida joylashgan Buffalo shahrida yashagan.

Bu shaharda 1,2 metrdan ortiq qor yog‘ib, yo‘llar vayron bo‘lgan. Elektr quvvati uzilib qolgan.

Niagara sharsharasi faqat qisman muzlagan. Qayd etish kerakki, bu sharshara suvning katta miqdori tufayli hech qachon to‘liq muzlamaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

593

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing