Gollivud tadbirlaridan yulduzlar yuz o‘girdi

Madaniyat-san’at

image
0:00
0:00
download

May oyidan buyon davom etayotgan yozuvchi va aktyorlarning ommaviy ish tashlashlaridan so‘ng Gollivud tadbirlari kino yulduzlarisiz o‘tmoqda. Bu haqda “Euronews” ma’lum qildi.

Nashrning yozishicha, ish haqini oshirish va suratga olish jarayonlarida sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha kiritilgan talablar kinostudiyalar tomonidan qabul qilinmaganidan so‘ng, mashhur Gollivud aktyorlari festivallar va yangi film premeralariga tashrif buyurmay qo‘ydi. 

Xususan, Disney yangi “Haunted Mansion” filmining premerasini, hatto filmda rol ijro etgan mashhur yulduzlarsiz o‘tkazdi. Qizil gilamlar esa butkul bo‘shab qolgan.

“Men bu sanoatda ham rejissyor, ham muallif, ham aktyorman va bu juda-juda qiyin. Ha, men ularni qo‘llab-quvvatlayman. Mening o‘zim ham bu urushning a’zosiman. Denni De Vito, Ouyen Uilson, Jeymi Li Kyortis, Vaynona Rayder, Den Levi… har bir odam bu filmga sevgi va quvonch qo‘shgan. Men ular bilan bog‘lanishga harakat qildim. Ularsiz ishimni bajarishim juda mushkul”, dedi film rejissyori Jastin Simiyen.

Premera aktyorlar o‘rniga Disney qahramonlari libosidagi odamlar bilan o‘tkazildi. 

“Men ularni juda sog‘inaman. Keyinchalik ham ular bilan yana va yana ko‘plab loyihalarda ishlashga umid qilaman”, dedi rejissyor.

Qolaversa, har yili 230 mingdan ortiq odam ishtirok etadigan “San Diego Comic Con” xalqaro ekspo ko‘rgazmasi ham bu yil Gollivud aktyorlari va yozuvchilarisiz o‘tkaziladi. 

“Agar ish tashlashlar davom etsa, butun festivallar mavsumi shunday yo‘qotishlar bilan o‘tishi mumkin”, degan nashr.

Eslatib o‘tamiz, amerikalik aktyorlar uyushmasi SAG-AFTRA va uning muzokarachilari 12 iyul kuni Gollivud studiyalari bilan kelishuvga erishib bo‘lmagani sabab aktyorlarga ish tashlashni tavsiya qilgan.

Sevara Husniddinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Gollivud Comic Con

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made