G‘ofur Rahimov qidiruvga berildimi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlar va odamlar orasida O‘zbekiston professional boks federatsiyasi vitse-prezidenti – Xalqaro boks kengashi (WBC) oliy kengashi a’zosi G‘ofur Rahimov qidiruvga berilgani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ ushbu ma’lumotni tasdiqlatish uchun ichki ishlar organlaridagi manbasi bilan bog‘landi. 

Manbaning ma’lum qilishicha, G‘ofur Rahimov haqida tarqatilayotgan ma’lumotlar haqiqatdan yiroq, u qidiruvga berilmagan. 

Shuningdek, manba, yana bir bor O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, Sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi Salim Abduvaliyev qo‘lga olinganini tasdiqladi

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 dekabr kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Toshkent shahrida kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilayotganini ma’lum qilgan edi. Shundan so‘ng, “Saidaziz medgorodok” nomi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev, “Baxti Tashkentskiy” laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev, Dilshod Tulkinovich Sharipov, Anvar Babarajabovich Mirzaxanov qo‘lga olingani haqida rasmiy xabar berildi

Shuningdek, Farg‘onada MMA jangchisi Humoyun To‘xtamurodov qo‘lga olingan


Maqola muallifi

Teglar

G'ofur Rahimov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing