Giyohvand moddalar savdosi bo‘yicha ayblangan sobiq “Yuventus” futbolchisi oqlandi

Sport

image

“Yuventus” va “Napoli” klublarining sobiq hujumchisi Mishel Padovano giyohvand moddalar bilan bog‘liq ayblovlar bo‘yicha oqlandi. Bu haqda "La Republica” nashri xabar berdi.

56 yoshli sobiq futbolchi 2006 yilda gashish savdosida gumonlanib, hibsga olingan edi. Prokuratura uni 24 yilga ozodlikdan mahrum qilmoqchi edi, biroq keyin bu muddat 6 yilu 8 oyga qisqartirildi. O‘tgan yili Padovano kassatsiya sudida g‘alaba qozongandi. Ikkinchi apellyatsiya sudi esa uni oqladi.

“O‘n olti yil oldin hayotimdagi yorug‘lik o‘chdi. Bugun qorong‘ulik tarqaldi, ko‘r bo‘lib qolgandim, lekin yuragim urib turganini his qildim. Adolat uchun, advokatlarim Jakomo Franchini va Mishel Galassoga, rafiqam, o‘g‘lim va menga doim ishongan barchaga minnatdorchilik bildiraman”, deydi Padovano.

Shuningdek, Mishel Padovanoning advokatlari ham holat yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

“Mijozimizning aybsizligiga hech qachon shubha qilmaganmiz. Apellyatsiya sudi tomonidan ishni har tomonlama ko‘rib chiqish Padovanoning hayotiga qadr-qimmatni qaytarganidan juda mamnunmiz”, deydi sobiq futbolchining advokatlari Galasso va Franchini.


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus giyohvand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing