Jahon chempionatining bronza medali sohibi hibsga olindi

Sport

image

Turkiya terma jamoasi va “Galatasaroy”ning sobiq futbolchisi, 2002 yilgi Jahon chempionati bronza medali sohibi Hasan Shosh giyohvand moddalar bilan bog‘liq tergov doirasida hibsga olindi. Bu haqda “Haberler” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Istanbulning Bakirko‘y tumani prokuraturasi 18 nafar shaxsni hibsga olish bo‘yicha order bergan. O‘tkazilgan operatsiya davomida Istanbul jandarmeriyasi 15 nafar gumonlanuvchini, jumladan, aktyor Aras Bulut Iynemli, Sefo taxallusi bilan tanilgan reper Seyfullah Sagir, shuningdek, aktrisalar Melis Sezen va Nilperi Shahinkayani hibsga olgan.

Gumonlanuvchilarga giyohvand moddalarni iste’mol qilish, ularni iste’mol qilishga ko‘maklashish yoki bunday maqsadlarda binolar taqdim etish bilan bog‘liq ayblovlar qo‘yilgan. Tergov doirasida bir qator aktyorlar, musiqachilar, tadbirkorlar va blogerlarning faoliyati ham tekshirilmoqda.

Prokuratura gumonlanuvchilarning uylarida tintuv o‘tkazish, biologik namunalar olish va ulardan ko‘rsatma berishni talab qilish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

Ma’lumot uchun, 50 yoshli Hasan Shosh 2002 yilgi Jahon chempionatida Turkiya terma jamoasi tarkibida bronza medalini qo‘lga kiritgan. U 1998-2009 yillar davomida “Galatasaroy” safida to‘p surgan. Faoliyatini yakunlaganidan so‘ng esa Istanbul klubining murabbiylar shtabida ishlagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing