“Ğiştköprik” çegara posti qaçon oçilişi ma’lum böldi (video)
O‘zbekiston
−
1429 1 daqiqa
Özbekiston va Qozoğiston çegarasida joylaşgan “Ğiştköprik” (“Jibek Joli”) ötkaziş punkti joriy yilning 25 noyabr kuni soat 16:00 dan boşlab fuqarolar harakati uçun oçiladi. Bu haqda Bojxona qömitasi matbuot kotibi Husen Tangriyev Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Ma’lum qilinişiça, punktning rasmiy oçiliş marosimi ikki mamlakatning tegişli idoralari rahbarlari iştirokida ötkaziladi. Şuningdek, ob’ektni qabul qiliş va foydalanişga topşiriş tadbirlari ham taşkil etiladi.
Bojxona qömitasi vakilining aytişiça, yangi çegara posti Prezident taşabbusi asosida butunlay qayta barpo etilgan. Şu munosabat bilan postning oçilişini kutayotgan fuqarolarga harakatlaniş faqat 25 noyabr kuni soat 16:00 dan boşlanişini inobatga oliş tavsiya etilgan.
Eslatib ötamiz, “Ğiştköprik” çegara bojxona posti 2025 yil fevral oyida yopilgan edi. Uni bosqiçma-bosqiç modernizatsiya qiliş işlari esa 2022 yil noyabr oyida boşlangan.
Live
Barçasi